Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parij Olimpiadasi ishtirokchisi Sitora Turdibekovaga ham uy sovg‘a qilindi

Parij Olimpiadasi ishtirokchisi Sitora Turdibekovaga ham uy sovg‘a qilindi

Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar jamoasi a’zosi Sitora Turdibekovaga Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidan uy sovg‘a qilindi.

Tuman hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, tuman hokimi Samandar Astanov bokschi qizning Parij Olimpiadasi musobaqada munosib ishtirok etib, olqishlarga sazovor bo‘lganini qayd etgan va unga yangi uy sovg‘a qilgan.

Shuningdek, bokschining ota-onasiga esdalik sovg‘alar topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Parijda o‘tgan yozgi Olimpiadada -57 kg vazn toifasida nimchorak finalda ringga ko‘tarilgan Sitora Turdibekova jinsiy mansubligi yuzasidan xalqaro maydonda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan xitoy-taypeylik Lin Yu Tinga mag‘lub bo‘lgan edi.

Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti Umar Kremlev esa, o‘z navbatida, «Olimpiadada adolatsizlikka uchragan bokschi qizlar»ga ham turnir g‘oliblari qatorida 100 ming AQSh dollari bilan mukofotlashini e’lon qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring