Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirning sobiq o‘rinbosari 6 yilga, uning qizi 5 yilga qamaldi

Vazirning sobiq o‘rinbosari 6 yilga, uning qizi 5 yilga qamaldi

Foto: Xabar.uz

Qishloq xo‘jaligi vaziri  o‘rinbosari lavozimida ishlagan Alisher Turayev qariyb 10 mlrd so‘mlik 1 mln dona uzum ko‘chatini yetkazib berish ishida talon-taroj qilish va mansab soxtakorligida ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. To‘rayevning yetkazib beruvchi kompaniyada ishlagan qizi 5 yil 1 oyga qamaldi.

Qayd etilishicha, Alisher Turayev tenderda g‘olib chiqish maqsadida «o‘ziga sodiq odamlar»dan (ular alohida jinoiy ishda ko‘rsatilgan) tender komissiyasini tuzgan va aslida o‘tkazilmagan komissiya yig‘ilishi bayonnomasini imzolagan. 

Manfaatlar to‘qnashuviga qaramay, sobiq vazir o‘rinbosarining o‘g‘li Bekjon To‘rayev ta’sischi bo‘lgan De Nova Agro kompaniyasining tender savdolarida g‘alaba qozongan. 2021 yil 30 avgust kuni korxona bilan in-vitro usulida 1 million dona uzum ko‘chati yetkazib berish bo‘yicha 9,95 milliard so‘mlik shartnoma tuzildi, deyiladi hujjatda.

Ammo bu ko‘chatlar markazga yetkazib berilmagan, mahsulot qabul qilingani bo‘yicha soxta elektron hisob- fakturalar rasmiylashtirilgan va o‘zlashtirilgan pul hisobga o‘tkazilgan.

Sobiq o‘rinbosar va uning qizi markaz hisobchisi bilan kelishib, rasmiy hujjatlarni soxtalashtirishda ayblangan. Ma’lum qilinishicha, 2023 yilda issiqxonalarda 283,4 ming tup ko‘chat nobud bo‘lgani haqida soxta ma’lumotlar chiqarishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring