Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Mirziyoyev Parij Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Mirziyoyev Parij Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston sport delegatsiyasi yakunlab, tarixiy natijaga erishdi. O‘yinlarning oxirgi kunida bokschilarimiz Bahodir Jalolov va Abdumalik Halokov, erkin kurashchi Razambek Jamalov oltin, taekvondochimiz Svetlana Osipova va og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘rayev kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasida munosib ishtirok etgan bir guruh sportchilar bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbari butun xalqimiz nomidan chempion va sovrindorlarni samimiy tabriklab, murakkab kurashlarda ko‘rsatgan yuksak mahorati va matonati uchun minnatdorlik bildirdi. Ularning ota-onalari va murabbiylariga el-yurtga munosib shunday o‘g‘il-qizlarni tarbiyalagani uchun rahmat aytdi.

Prezident Mirziyoyev, shu bilan birga, bokschilarning bosh murabbiysi To‘lqin Qilichev tezda sog‘ayib ketishini tiladi.

O‘z navbatida, sportchilar Prezident e’tibori ularga kuchli motivatsiya bergani, mukammal tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha imkoniyat yaratilganini qayd etib, tashakkur izhor etdilar. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring