Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ibrohimxalil Yo‘ldoshev o‘rniga Alisher Odilov qaydnomaga kiritildi

Ibrohimxalil Yo‘ldoshev o‘rniga Alisher Odilov qaydnomaga kiritildi

O‘zbekiston olimpiya jamoasi Misrga qarshi 2-tur oldidan qaydnomaga o‘zgarish kiritdi.

«O‘zbekiston U-23 himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev oilaviy sabablarga ko‘ra jamoa ixtiyorini vaqtincha tark etgandi. 

Shundan so‘ng O‘FA Yo‘ldoshev o‘rniga Alisher Odilovni qaydnomaga kiritish yuzasidan tashkiliy qo‘mitaga so‘rov yubordi va u qabul qilindi.

Endilikda Odilov Misrga qarshi o‘yinda ro‘yxatdan o‘rin egallashi mumkin», — deb xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Misrga qarshi bahs bugun soat 20:00da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring