Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YChL: barcha ishtirokchilar ma’lum bo‘ldi, bugun qur’a tashlanadi

YChL: barcha ishtirokchilar ma’lum bo‘ldi, bugun qur’a tashlanadi

UEFA joriy mavsumining umumiy bosqichida qatnashadigan barcha 36 jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Katta turnirning qur’a tashlash marosimi bugun, 29-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

YChL saralash bosqichining so‘nggi kun o‘yinlarida «Dinamo Zagreb» «Qorabog‘»ni (2:0), «Srvena Zvezda» «Bude-Glimt»ni (2:0), «Slovan» «Midtyulland»ni (3:2) mag‘lub etdi. Fransiyaning «Lill» klubi, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, Praganing «Slaviya» jamoasini saralashda qoldirib ketdi (2:0, 1:2).

Birinchi marta yangi formatda o‘tkaziladigan turnirda 36 jamoa ishtirok etadi. Bugungi qur’a tashlash marosimidan oldin jamoalar savatchalarga quyidagicha taqsimlandi.

1-savat

Real Madrid, Manchester Siti, Bavariya, PSJ, Liverpul, Inter, Borussiya, RB Leypsig, Barselona.

2-savat

Bayer, Atletiko, Atalanta, Yuventus, Benfika, Arsenal, Bryugge, Shaxtyor, Milan.

3-savat

Feyenoord, Sporting, PSV, Dinamo-Zagreb, RB Zalsburg, Lill, Srvena Zvezda, Yang Boyz, Seltik.

4-savat

Slovan, Monako, Sparta, Aston Villa, Bolonya, Jirona, Shtutgart, Shturm, Brest.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring