Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» «Atalanta»ni yengib, oltinchi marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

«Real» «Atalanta»ni yengib, oltinchi marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

Foto: Instagram/realmadrid

15-avgust oqshomida Varshavada UEFA Superkubogi uchun kechgan o‘yinda «Real Madrid» Italiyaning «Atalanta» klubini mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).

Federiko Valverde (60) va Kilian Mbappe (68) kiritgan gollar madridliklarga g‘alaba keltirdi.

Mbappe «Real»dagi debyutini gol bilan nishonladi.

Shu tariqa «Real» oltinchi marta UEFA Superkubogi egasiga aylanib, Yevropa klublari o‘rtasida rekord o‘rnatdi.

Ushbu sovrinni «Barselona» va «Milan» — besh martadan, «Liverpul» — to‘rt marta qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring