Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saraton bilan og‘riganlarning Toshkentga kelishi uchun poyezd yoki samolyotga tekin chipta berilishi mumkin

Saraton bilan og‘riganlarning Toshkentga kelishi uchun poyezd yoki samolyotga tekin chipta berilishi mumkin

SSV vazirining hududlardan respublika bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yo‘l yoki aviatransport vositalari orqali bepul kelishini ta’minlovchi vaucher shaklini tasdiqlash haqidagi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Hukumatning 2021-yil 13-oktyabrdagi 643-son qaroriga muvofiq, hududlardan onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlari bo‘yicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yo‘l yoki aviatransport vositalari orqali bepul keluvchi bemorlar uchun yo‘l chiptalarini rasmiylashtirishga asos bo‘luvchi maxsus vaucher shakli hamda uni rasmiylashtirish tartibi tasdiqlanadi.

Qayd etilishicha, onkologik va gematologik bemorlarga shu yo‘nalishlar bo‘yicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlarida davolanish uchun belgilangan tartibda imtiyozli yo‘llanma berilgan taqdirda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatilaridan bemorning tanlovi asosida temir yo‘l yoki aviatransport vositalari orqali kelishi bilan bog‘liq;

  • Andijon, Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatilaridan temir yo‘l orqali kelishi bilan bog‘liq xarajatlar tegishliligi bo‘yicha mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab berilishi belgilangan.
  • Bemor yoki uning qonuniy vakili respublika bosh tibbiyot tashkilotlarida davolanish uchun belgilangan tartibda imtiyozli yo‘llanmani va vaucherni hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni unga Toshkent shahriga kelishi uchun zarur bo‘lgan kundan uch ish kuni oldin temir yo‘l va/yoki aviatransport kassalariga taqdim qiladi va temir yo‘l va/yoki aviatransport kassalarida ushbu ish kuni davomida yo‘l chiptalari bepul rasmiylashtiriladi.

Bunda:

  • yo‘l chiptalari «Afrosiyob» elektropoyezdlari, «Sharq», «Nasaf», «O‘zbekiston» yo‘lovchi poyezdlari hamda havo kemasi uchun tejamkor «ekonom», shuningdek, bemor yoki uning qonuniy vakili xohishiga ko‘ra shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdi tarkibida harakatlanuvchi yo‘lovchi vagonlar uchun platskart yoki kupe toifasi bo‘yicha rasmiylashtiriladi;
  • bemor yoki uning qonuniy vakili ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha to‘lov asosida tejamkor «ekonom» toifasiga kirmaydigan yo‘l chiptalari rasmiylashtirilishi mumkin.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring