Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UEFA Chempionlar ligasi madhiyasini yangiladi

UEFA Chempionlar ligasi madhiyasini yangiladi

Foto: Sport Pulse

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Chempionlar ligasi madhiyasini yangi mavsumdan o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda 2024/2025 mavsumini translyasiya qiluvchi Okko Sport striming servisi telegram-kanalida xabar berildi.

UEFA «Barselona» (Ispaniya) «Arsenal» (Angliya)ni yutgan 2006-yilgi finalda yangragan orkestr ijrosiga qaytmoqchi. Madhiyaning yangi talqinida kompozitsiyaning lirik tarkibiga ko‘proq urg‘u berilmoqda. 2024/2025 mavsumining o‘tgan pley-off saralashlarida turnir madhiyasi yangicha ijro etildi.

YChL yangi mavsumida oldingi 32 jamoa o‘rniga 36 jamoa qatnashadi. Turnir formati ham o‘zgardi — ilgari jamoalar guruhlarga bo‘lingan bo‘lsa, endi shveysarcha tizimdan foydalaniladi va barcha 36 jamoa yagona turnir jadvalidan o‘rin oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring