Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy AQShga javob bojini joriy qilmoqda

Xitoy AQShga javob bojini joriy qilmoqda

Illyustrativ foto

Xitoy AQShga javoban uning ko‘mir, tabiiy gaz (suyultirilgan), neft, qishloq xo‘jaligi texnikasi va boshqa mahsulotlariga boj kiritishga qaror qildi. Bu haqda XXR davlat kengashining tariflash va toifalash qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, Amerika ko‘miri va suyultirilgan gaziga qo‘shimcha 15 foizlik, xom neft, qishloq xo‘jaligi texnikasi, katta ish hajmiga ega dvigatelli avtomobillar va pikaplar uchun 10 foizlik bojlar kiritilmoqda.

Donald Tramp 1-fevral kuni Meksika, Kanada va Xitoy mahsulotlariga boj joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.

Xitoyning AQShga jami eksport mahsulotlariga qo‘llaniladigan 10 foizlik boz bugun, 4-fevraldan kuchga kirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring