Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa mamlakatlari Grenlandiyani AQShdan himoya qilmoqchi

Yevropa mamlakatlari Grenlandiyani AQShdan himoya qilmoqchi

Foto: Travellizy

Yevropaning NATOga a’zo davlatlari tomonidan Grenlandiyaga harbiy bo‘linmalarni jo‘natish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu haqda 7-fevral kuni The Daily Telegraph xabar berdi.

AQShning yangi prezidenti Donald Trampning tahdidli bayonotlari Yevropa mamlakatlarini tashvishlantirmoqda, shulardan biri — Germaniya, deb yozdi nashr. Yevropaliklar AQSh orolni harbiy yo‘l bilan egallashga qaror qilgan taqdirda ko‘riladigan choralarni muhokama qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Tramp Daniyadan Grenlandiyani AQShga berishni talab qilmoqda. Uni bunchalik dadillikka undayotgan narsa — Amerikaning milliy manfaatlari.

O‘z navbatida, Daniya hukumati Grenlandiyada yashovchilar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi — ularning ko‘pchiligi orolning AQShga topshirilishiga qarshi. Daniya hukumati ham orol jangsiz bermasligini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring