Tramp Meksika, Kanada va Xitoy mahsulotlariga boj solmoqchi
Donald Tramp Meksika va Kanadadan kirib kelayotgan barcha mahsulotlarga 25 foizlik boj solishga va’da berdi.
«20-yanvar kuni men birinchi galda imzolaydigan farmonlardan biri Meksika va Kanadadan AQShga kirib kelayotgan barcha mahsulotlarga 25 foizlik boj joriy etish haqida bo‘ladi», — dedi Tramp.
Qolaversa, Xitoydan AQShga giyohvand moddalari kontrabandasini vaj qilgan Tramp bu mamlakatga qo‘shimcha 10 foizlik boj solinishini bildirdi.
Avvalroq Donald Tramp Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillarga 100–200 foizlik bojlarni joriy etish niyati borligini aytgandi. U Jo Baydenni Xitoydan pul olishda va AQSh iqtisodiyotiga ziyon yetkazganlikda ayblagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter