Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tottenxem»dan haydalgan Mourino yangi klub topdi

«Tottenxem»dan haydalgan Mourino yangi klub topdi

Foto: «Dreamteamfc.com»

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino «Roma»ni boshqaradi. Bu haqda Italiya klubi saytida xabar berildi.

Portugaliyalik «Roma» bilan 2024-yil 30-iyungacha shartnoma imzoladi. Jamoa bosh murabbiyi sifatida Mourino mavsum oxirida klubni tark etadigan Paulu Fonsekaning o‘rnini egallaydi.

Mourino 19-aprel kuni Angliyaning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgandi. Mutaxassis 17 oylik ishdan so‘ng klubni tark etdi. Angliya premer-ligasining (APL) so‘nggi uchta uchrashuvida jamoa ikkita ochko to‘pladi va Yevropa Ligasidan ham chiqib ketdi.

Portugaliyalik mutaxassis «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Real», «Inter» va «Portu»dagi faoliyati bilan tanilgan. U «Chelsi» boshqaruvida eng ko‘p muvaffaqiyat qozongan: Mourino jamoani ikki marta boshqargan va ular bilan jami sakkizta sovrin yutib olgan. Shuningdek, portugaliyalik Chempionlar Ligasi kubogini ikki marotaba qo‘lga kiritgan — 2003/2004-yilgi mavsumda «Portu» va 2009/2010-yilgi mavsumda «Inter» bilan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring