Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Next» savdo markazining old tomonidagi chinor nega kesib tashlandi?

«Next» savdo markazining old tomonidagi chinor nega kesib tashlandi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi «Next» savdo markazining old tomonida joylashgan chinor daraxti kesib tashlangani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi rasmiy ma’lumot taqdim qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat Toshkent shahar Tabiat resurslari boshqarmasi Yakkasaroy tuman inspeksiyasi tomonidan o‘rganilgan. Unga ko‘ra, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi «Next» savdo markazining old tomonida joylashgan mazkur chinor daraxtlari tana qismi quriganligi, yashovchanlik holati mavjud emasligi aniqlangan.

Toshkent shahar Tabiat resurslari boshqarmasi mutaxassislari tomonidan berilgan xulosasiga ko‘ra, Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmasi brigadasi tomonidan kesish ishlari amalga oshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring