Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda transport karta sotish shaxobchalari faoliyati to‘xtatilyapti

Toshkentda transport karta sotish shaxobchalari faoliyati to‘xtatilyapti

2024-yil 15-may kunidan boshlab poytaxtimizda joylashgan barcha transport karta sotish shaxobchalarining faoliyati to‘xtatiladi.

«Toshshahartransxizmat» korxonasi xabariga ko‘ra, endilikda ATTO transport kartalarini xarid qilish, hisobini to‘ldirish va tarif sotib olish xizmatlari Uzpost aloqa bo‘limlarida amalga oshiriladi.

Jamoat transportlarida elektron to‘lovlardan yanada qulayroq foydalanish uchun, ATTO mobil ilovasini yuklab olish va virtual kartadan foydalanish ham mumkin.

Ma’lum qilinishicha, aprel oyida jamoat transporti orqali jami 32,3 mlndan ortiq tranzaksiya amalga oshirilgan.

Bunda transport kartalari orqali 13,8 mln (shundan 5,7 mln.tasi tarif kartalari orqali), bank kartalari orqali esa 11,4 mln.ta (o‘sish — 76,2 foiz) to‘lovlar qilingan.

QR-chiptalaridan metroda 6,3 mln martadan ortiq foydalanilgan. Avtobuslarda QR-to‘lovlar yordamida 371 ming, metroda mobil QR yordamida jami 222 ming tranzaksiya amalga oshirilgan.

Shuningdek, yo‘lovchilarning virtual kartalar yordamida amalga oshirgan tranzaksiyalari soni jami 142 mingtani tashkil etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring