Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ustunga urilgan Cobalt yonib ketdi

Toshkentda ustunga urilgan Cobalt yonib ketdi

2024 yilning 3 sentyabr kuni soat 21:00 larda Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Cobalt rusumli transport vositasi haydovchisi 2002 yilda tug‘ilgan S.X. harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib yoritkich ustunlariga to‘qnashgan. Natijada avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring