Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyati SEOM bosh vrachi vazifasidan ozod etildi

Toshkent viloyati SEOM bosh vrachi vazifasidan ozod etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda xodimlarini o‘z kabinetida so‘kayotgan rahbarning videosi tarqaldi. Tez orada video «qahramoni» Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyev ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan o‘rganildi. Viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyevning qo‘l ostidagi xodimlari bilan o‘ta qo‘pol va axloqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan tarzdagi suhbati muhokama qilinib, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rildi.

Bosh vrach Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, mazkur agentlik direktori Bahodir Yusupaliyevning tegishli bo‘yrug‘i bilan o‘z vazifasidan ozod etildi.

Ayni paytda agentlik tomonidan Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi faoliyatini tubdan o‘zgartirish, ish samaradorligini oshirish, hududda sanitariya va epidemiologiya holatini yanada yaxshilash kabi vazifalarga  qat’iy e’tibor qaratilmoqda, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring