Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yunusobod va Qibrayda yirik o‘g‘irliklar aniqlandi

Yunusobod va Qibrayda yirik o‘g‘irliklar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqaro J.K. va boshqalar tumandagi «Katta Xasanboy» MFY hududidagi uyda tijorat maqsadida tashkil etilgan issiqxonada rezina shlanglar yordamida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib jami 393,7 ming metr kub tabiiy gazni o‘g‘irlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 590,7 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «T.A.» MChJ rahbari D.S. MChJ issiqxonasida jami 229,4 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 344,2 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring