Toshkent metrosi uchun yana 3 ta yangi harakat tarkiblari keltirildi
«Toshkent metropoliteni» parki o‘tgan yilning so‘nggi kunlarida yana 3 ta yangi harakat tarkibi (12 ta metro vagoni) bilan to‘ldirildi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, ushbu harakat tarkiblari belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning may oyida ham Toshkent metropoliteni vagon parkiga to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdi xarid qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter