Surxondaryoda ikki qavatli savdo do‘koni yonib ketdi
31 may kuni soat 05:11 da Sho‘rchi tumani «Bobotog‘» mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan ikki qavatli aralash mollar savdo do‘konining 2-qavati 85 kvadrat metr maydonida yong‘in sodir bo‘lgan va binoning shift qismi yongan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 05:14 da yetib borib, yong‘in soat 05:19 da qurshab olingan va soat 06:40 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in qutqaruvchilarining sa’y-harakatlari natijasida binoning 1-qavati hamda 200 kvadrat metr joyi saqlab qolingan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar organlari mas’ullari va boshqa mutasaddilar yetib borgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter