Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

2024-yil 1-noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar sharhi Norma.uz portali tomonidan taqdim etildi.

Mehnat huquqlariga rioya etilishini tekshirishning yangi tartibi joriy etiladi

Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan tekshiruv boshlangan paytdan Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkaziladi.

 Oilalarni kambag‘allikdan chiqarish dasturi boshlanadi

«Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi ishga tushiriladi, u "Kambag‘al oilalar uchun yetti imkoniyat va mas’uliyat" tamoyili asosida amalga oshiriladi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • har bir mahallaga yetakchi tadbirkorlarni jalb qilish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, kambag‘al oilalarga qo‘shimcha 50 ming gektar ekin maydonlarini ijaraga berish;
  • parvarishga muhtoj shaxslarni har kuni  yo‘qlash asosida patronajni, bolalarni tarbiyalash va kunduzgi parvarish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;
  • ipoteka tizimidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy "yashil" turar joy binolari qurish yoki rekonstruksiya qilish va boshqalar.

Tovar-xomashyo birjalariga yangi talablar qo‘yiladi

Litsenziya olish uchun tovar-xomashyo birjalari quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:

  • mulk huquqi asosida litsenziyalangan birja savdolarining elektron tizimi;
  • umumiy xotirasi 100 TV bo‘lgan server uskunalari va alohida ma’lumotlarni qayta ishlash markazi;
  • elektron birja savdolari tizimining himoyasi;
  • xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan integratsiya doirasida mablag‘larni kiritish va hisobdan chiqarishni inson aralashuvisiz amalga oshirish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot.

 100 mln so‘mgacha garovsiz kreditlarni qayta moliyalash stavkalari kuchga kiradi

Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlashning kompleks dasturi doirasida 100 mln so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar kichik tadbirkorlik sub’yektlari ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan hududlar toifasidan kelib chiqib, mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalanadi, xususan:

  • 5-toifaga – 12,5%;
  • 4-toifaga – 13,5%;
  • 3-toifaga – 14,5%;
  • 2-toifaga – 17%;
  • 1-toifaga – 18%.

 Zargarlik buyumlarini nazorat qilishning yangi choralari belgilandi

Shunday qilib, xorijdan ishlab chiqarilgan va bojxona to‘lovlari to‘langanini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotuvga qo‘yish va sotish taqiqlanadi.

Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallar litsenziya asosida eksport qilinadigan maxsus tovarlar ro‘yxatiga kiritiladi.

Shuningdek, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasi bo‘lmagan zargarlik buyumlari yarim fabrikatlarini O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi.

 Elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishga cheklovlar

Chiqindilar bilan ishlash xizmatlari uchun to‘lov to‘lanmagan taqdirda (elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanmagan hududlar bundan mustasno) abonentlardan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishga vaqtinchalik cheklov kiritiladi.

 Eski namunadagi aksiz markali spirtli ichimliklar va tamaki olib qo‘yila boshlaydi

 Soliq va Bojxona qo‘mitalari eski namunadagi aksiz markali mahsulotlarni aniqlash va olib qo‘yishni boshlaydi.

«Eng toza mahalla» tanlovi boshlanadi

Noyabrdan yanvargacha tumanlar, viloyatlar va respublika darajasida «Eng toza mahalla» tanlovi o‘tkaziladi, uning natijalariga ko‘ra 14 ta g‘olib mahalla taqdirlanadi. Ekologiya jamg‘armasi hisobidan ularga chiqindi yig‘ish maydonchalari qurish, mahallaning ijtimoiy ob’yektlarida chiqindi yig‘ish konteynerlarini o‘rnatish va daraxt ekish uchun mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, g‘oliblarga xizmat foydalanishi uchun bittadan elektromobil beriladi.

 Binolar energiya samaradorligiga tekshiriladi

 Maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini aniqlash uchun «A», «V», «C», «D», «Ye», «F» va «G» toifalari joriy etiladi.

 Bunda "A" toifasi eng yuqori energiya samaradorligiga ega bino va inshootlarni, mos ravishda «G» toifasi – eng pastini belgilash uchun qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring