Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qibraydagi suiqasd bo‘yicha yana 3 nafar shaxs qamoqqa olindi – Bosh prokuratura

Qibraydagi suiqasd bo‘yicha yana 3 nafar shaxs qamoqqa olindi – Bosh prokuratura

Joriy yil 26-oktyabr kuni Qibray tumanida fuqaro S.S. boshqaruvidagi «Range Rover» rusumli avtomashinaga qarata 2 nafar noma’lum shaxs o‘qotar quroldan bir necha marotaba o‘q uzib, qasddan odam o‘ldirishga suiiqasd qilib, noma’lum tomonga yashiringani va mazkur «ish»ga aloqadorlikda gumon qilingan bir nafar shaxsning qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

Bosh prokuratura  «o‘tkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etishga aloqador bo‘lgan shaxslarning yana uch nafari aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlangani» haqida ma’lumot berdi.

«Bosh prokuratura tomonidan Qibraydagi qotillikka suiqasd holati bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi idora xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring