Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saylovda nomzodi ko‘rsatilgan vazirlarga deputatlik mandati beriladimi?

Saylovda nomzodi ko‘rsatilgan vazirlarga deputatlik mandati beriladimi?

Proporsional saylov tizimi bo‘yicha mazkur saylovda partiyalar ro‘yxatida amaldagi vazirlarning nomzodi ham ko‘rsatilgan edi.

Ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev ishtirokidagi matbuot anjumanida nomzodi ko‘rsatilgan vazirlarning saylov yakunlari bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hisoblanadimi yoki ularning deputatlikdan voz kechish huquqlari bormi mazmunidagi savolga aniqlik kiritildi.

Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikka muvofiq, saylov natijalari bo‘yicha har bir partiyaning ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlari partiya egallagan deputatlik o‘rniga qarab raqamlab chiqilgan. Davlat boshqaruvi tizimida ishlab kelayotgan amaldagi mansabdorlar mazkur raqamlar bo‘yicha, agar deputatlikka loyiq topilgan va uning lavozimi deputatlik bilan birgalikda qo‘shib olib borishga to‘g‘ri kelmaydigan holat bo‘lsa, qonunchilik tamoyiliga ko‘ra ular 5 kunlik muddat ichida Markaziy saylov komissiyasiga murojaat etib yo deputatlikda qoldirishni yoki amaldagi lavozimda qolishini bildirib ariza berishi kerak.

«Arizasiga ko‘ra amaldagi mansabdor yo deputat bo‘lishga, yoki amaldagi lavozimida qolishga haqli. U o‘zining ixtiyoriga bog‘liq. Agarda ushbu toifa nomzod deputatlikdan kechib, amalida qolsa, bunday hollarda deputatlik mandati ketma-ketligi bo‘yicha undan keyingi raqamli nomzodga MSK qarori bilan o‘tkaziladi», – deydi MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev.   

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring