Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryo viloyat perinatal markazi mutasaddilariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyat perinatal markazi mutasaddilariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat perinatal markazining bosh hisobchisi T.A. va boshqalar 2019-2020 yil va 2021 yilning 3 oyida markazda ishlamaydigan 15 nafar fuqarolarning nomiga ularning xabardorligisiz bank plastik kartalarini ochib, ushbu davrlarda ularga hisoblangan jami 741,4 mln. so‘mdan oshiq ish haqlarini plastik kartalarga tushirib, pullarni shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborib, juda ko‘p miqdorda budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shuningdek, markazning bosh hisobchisi jinoiy yo‘l bilan topilgan 741,4 mln. so‘m pul mablag‘larining kelib chiqish manbaini yashirish maqsadida, ushbu pullarning 72,0 mln. so‘mini o‘zining nomiga «LADA XRAY» rusumli avtomashinaga boshlang‘ich to‘lov sifatida o‘tkazib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat perinatal markazning bosh hisobchisi T.A. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 243-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring