Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq vazir Agrippina Shin yangi lavozimini egalladi

Sobiq vazir Agrippina Shin yangi lavozimini egalladi

Agrippina Vasilevna Shin — Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Shin shu vaqtga qadar Maktabgacha ta’lim agentligi rahbari vazifasida ishlab kelayotgandi. Yaqinda agentlik faoliyati tugatilib, uning vazifalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘tkazilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, A.Shin 2017-yil oktyabrdan 2022-yil oxirigacha Maktabgacha ta’lim vazirligiga rahbarlik qilgan. 

Shuningdek, Viktor Veniaminovich Nam — Toshkent shahridagi «A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti» federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori lavozimga tayinlandi.

Eldar Yuldashev Toshkent shahridagi «S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti» federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining direktori lavozimdan ozod qilindi. Uning o‘rniga Iqbol Meliqo‘ziyev tayinlandi.

Eldor Shermanov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori – rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib 6 oy sinov muddati bilan tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring