Sobiq futbolchi Gruziya prezidenti etib saylandi
Bugun, 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Mixail Kavelashvili Gruziya prezidenti etib saylandi.
Mamlakatda davlat rahbarini birinchi marta aholi emas, balki parlament — 300 nafar saylovchi deputatdan tashkil topgan kollegiya sayladi. Prezidentlik uchun faqat bir nomzod — hukmron «Gruziya orzusi» partiyasi a’zosi, sobiq futbolchi Mixail Kavelashvili da’vogarlik qildi. Saylov yakuniga ko‘ra, 300 nafar deputatning 244 nafari uni yoqlab ovoz berdi.
Ma’lumot uchun: Mixail Kavelashvili 1971-yilda Tbilisida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Tbilisining «Lokomotiv» va «Dinamo» (bu jamoa bilan 6 marta Gruziya chempioni bo‘lgan), Vladikavkazning «Spartak-Alaniya» (bu jamoada bir marta Rossiya chempioni bo‘lgan) jamoalarida o‘ynagan, keyinchalik «Manchester Siti» va «Grassxopper»da faoliyatini davom ettirgan. Gruziya terma jamoasida 46 o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol kiritgan.
Kavelashvilining siyosiy faoliyati 2016-yilda Gruziya parlamentiga «Gruziya orzusi» partiyasidan saylanganidan so‘ng boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter