Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni Isroilni tan olishi mumkin - Reuters

Saudiya Arabistoni Isroilni tan olishi mumkin - Reuters

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner AQSh, Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasidagi diplomatik muzokaralarda ishtirok etdi. Reuters manbasining xabar berishicha, muzokaralardan maqsad Ar-Riyod va Tel-Aviv o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish va Isroilni davlat sifatida tan olish bo‘lgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud, agar Donald Tramp AQShdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Isroilni tan olishi mumkin, chunki sobiq prezident arab shahzodasi bilan iliq munosabatlarni saqlab kelgan. Bunda Kushner muzokaralarda vositachi vazifasini bajaradi.

Qayd etilishicha, munosabatlarni normallashtirish yo‘lida demokrat nomzod Kamala Xarris g‘alaba qozongan taqdirda ham erishiladi, ammo keyin bitim tuzish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘lishi mumkin. Manba muzokaralar G‘azo sektorida urush boshlanishidan oldin yoki keyin bo‘lib o‘tganini ayta olmadi. Takidlanishicha, muzokaralarda AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden mamuriyati a’zolari ham ishtirok etgan. Arabistonni Isroilni tan olishga ko‘ndirish uchun prezident ma’muriyati xavfsizlik kafolatlari, Falastin davlatini yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarni yangilash va Saudiya Arabistonining fuqarolik yadroviy dasturida yordam berishni taklif qildi. Ar-Riyod va Tel-Aviv o‘rtasidagi diplomatik jarayon Isroilning G‘azodagi agressiyasi boshlanganidan keyin to‘xtab qoldi.

Saudiya Arabistoni shahzodasi 2024-yil 18- sentyabrda qirollik Falastin davlati tuzilmaguncha Isroilni tan olmasligini ma’lum qildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring