Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Suriyada Asad rejimi ag‘darilganidan so‘ng Isroil bufer zonani egallab oldi va Golan tepaliklari har doim mamlakatning bir qismi bo‘lishini e’lon qildi.
Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovning aytishicha, Rossiya Isroilni Golan tepaliklarining anneksiya qilinishi qabul qilinishi mumkin emasligidan ogohlantirmoqda.
Mavzuga doir: Isroil Curiyadagi vaziyatdan foydalanib qolishga urinmoqda
«Men ularni G‘arbiy Quddusdagi imkoniyatlardan mast bo‘lishdan ogohlantirmoqchiman. Eslatib qo‘ying, boshqa narsalar qatori, hozir ko‘pchilik gapirayotgan Golan tepaliklarining anneksiya qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Isroil Suriya bilan 1974 yilda imzolangan kelishuvni to‘liq bajarishga qaytishi kerak», – deydi RF TIV rasmiysi.
Mavzuga doir: Isroil Suriya flotini yakson qildi
Netanyahu bir muddat avval Suriya harbiylari o‘z pozitsiyalarini tark etgani sababli Golan tepaliklari borasidagi 1974 yilgi kelishuv o‘z kuchini yo‘qotganini ma’lum qilgandi.
O‘z navbatida, Isroil armiyasi bufer zonaga va undan tashqari Suriya ichkarisiga ham kirib bordi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter