Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Isroilning qariyb 2 mln (20 foiz) aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda, shularning 872 ming nafari bolalar, 158 ming nafari keksalar. Bu ma’lumotlar «Bituax Leumi» an’anaviy yillik hisobotida keltirildi.
Mamlakat qashshoqlari orasida arablar (38,4 foiz) hamda ultraortodoksal aholi (33 foiz) ulushi juda katta. Bolalar qashshoqligi bo‘yicha Isroil rivojlangan mamlakatlar orasida Kosta-Rikadan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi.
Eng qashshoq hududlar — Quddus, mamlakat shimoli va janubi. Pandemiya va urush oqibatidagi iqtisodiy tanazullar aholining eng kam himoyalangan qatlamlari ahvolini tobora og‘irlashtirmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter