Samarqandda «tozalash»: jinoiy guruhning 47 a’zosi ushlandi
Samarqandda maxsus tadbirlar davomida 47 nafar jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar tarqatdi.
Samarqand viloyatida ham «Dolzarb 40 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga a’zo bo‘lgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini o‘tkazishga uringan bir necha shaxslar qo‘lga olinmoqda.
Xususan, Maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralar tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida, Samarqand viloyatida 47 nafar jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olinib, ularning 6 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 25 nafari ma’muriy tartibda qamoqqa olindi, deyiladi xabarda.
Reyd tadbirlari davomida, ushbu shaxslardan giyohvandlik va psixotrop vositalar, sovuq qurollar (kastet, bita va b.) prosessual tartibda rasmiylashtirilib olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq shunga o‘xshash tadbirlar Toshkent shahri, Farg‘ona, Qashqadaryo kabi hududlarda ham o‘tkazilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter