Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand shahrining chegarasi o‘zgarmoqda

Samarqand shahrining chegarasi o‘zgarmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar.

Vazirlar Mahkamasining taklifiga asosan, Samarqand tumanidan 170 gektar va Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydoni Samarqand shahri tarkibiga o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Mazkur tuman va shahar chegaralarining o‘zgarishi bilan «Shirin» zamonaviy ishbilarmonlik markazi tashkil etilib, ushbu hududda 254 ta ko‘p qavatli uy-joylar, 19 ta ishbilarmonlik va biznes markazlari, 50 ta ijtimoiy soha obektlari, 89 ta ko‘ngilochar va savdo komplekslari hamda tarixiy shaharcha barpo etiladi.

Bundan tashqari, hududda 112 km ichki yo‘llar, piyodalar va velosiped yo‘laklari, 6 km yer usti metro yo‘li, 2 ta katta ko‘prik hamda 7,2 km ichki kommunikatsiya uchun tonnel, 180 km irrigatsiya quvuri hamda 14 km kanal va ko‘plab sug‘orish inshootlari quriladi.

Majlisda qaror loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring