Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda bank xodimi qo‘lga olindi

Samarqandda bank xodimi qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan bank xodimi jinoyat ustida ushlandi.

Tezkor tadbir davomida «Ipoteka-bank» AT bankining «So‘g‘diyona» bank xizmatlari markazida moliyaviy konsultant lavozimida ishlab kelayotgan M.J. bank mijozi bo‘lgan mahalliy fuqaroga 700 mln so‘m miqdorida ipoteka krediti rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Yordami evaziga fuqarodan 20 mln so‘m va 100 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘ini talab qilib kelayotganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda M.J. mahalliy fuqarodan avvaldan kelishilgan 20 mln so‘m va 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring