Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kichik biznes bo‘yicha dastur doirasida 4 trln so‘mdan oshiq kredit ajratildi

Kichik biznes bo‘yicha dastur doirasida 4 trln so‘mdan oshiq kredit ajratildi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar» mavzusida brifing o‘tkazildi. Unda «Biznesni rivojlantirish banki» ATB Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov jamoatchilikka axborot berdi.

Brifingda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi «Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq «Biznesni rivojlantirish banki» tomonidan ishga tushirilgan «Biznes portal»ga kelib tushgan arizalar holati ham ma’lum qilindi.

2024-yil 29-avgust holatiga «Biznes portal»ga yuborilgan arizalardan 79 158 ta tashabbuskorlar skoring bosqichida ijobiy baholandi.

Shu kunga qadar hokim yordamchilari tomonidan 73 120 ta loyihalarga ijobiy tavsiya berilgan.
Hozirda hokim yordamchilari tomonidan o‘rganish jarayonidagi loyihalar soni 1986 tani tashkil qiladi.

Loyihalarni baholash va tanlash guruhi tomonidan 63 089 ta loyihaga o‘quv jarayoniga ruxsat berilgan bo‘lib, hozirda 4231 ta loyiha tashabbuskorlari o‘quv jarayonida ishtirok etmoqda.
Brifingda xabar berilishicha, 58 858 ta tashabbuskor tomonidan imtihon topshirilgan bo‘lib, ulardan 55 453 tasi sertifikatni qo‘lga kiritishgan.

Ayni paytga qadar barcha tijorat banklari tomonidan 42 211 ta loyihaga kredit ajratish ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi. Ularni amalga oshirish uchun loyihaning umumiy qiymati 4 trln. 127 mlrd. so‘mlik kredit shartnomalari imzolangan. Ajratilgan kredit hajmi esa 4 trln. 26 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, «Biznesni rivojlantirish banki» «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturini samarali amalga oshirish va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish bo‘yicha asosiy tayanch bank sifatida belgilangan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring