Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samarqand noni» ham geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

«Samarqand noni» ham geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasining ko‘magi bilan joriy yilning 4-fevral kuni dunyoga mashhur «Samarqand noni» geografik ko‘rsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov bugun Samarqand viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Adiz Boboyevga «Samarqand noni» geografik ko‘rsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomani topshirdi.

«Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, tovarni muayyan geografik ob’yekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb e’tirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi. 

Adliya vazirligi geografik ko‘rsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatidagi «Chiyal yaxnasi» hamda «G‘uzor tandiri» ham geografik  ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring