Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyalik uch sportchi O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tmoqda

Rossiyalik uch sportchi O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tmoqda

Danila Semerikov.

Konkida uchish bo‘yicha olimpiya chempioni, hozirda Rossiya davlat dumasi deputati Svetlana Jurova rossiyalik sportchilar — short-trekchilar Denis Ayrapetyan va Daniil Yeybog hamda konkida uchuvchi Danila Semerikov O‘zbekiston sharafini himoya qilish istagida ekanliklaridan afsusda ekanini bildirdi. Uning so‘zlarini «Match TV» keltirdi.

Svetlana Jurova

«Shunday vaziyatda bu sportchilar Rossiyadan ketishayotganidan afsusdaman. Ularni tushunmayman, ammo tanqid ham qilmayman. Ular ham Olimpiadada qatnashishni istaydi», — dedi Jurova.

Semerikov — jahon chempionatlari sovrindori, Ayrapetyan va Yeybog — Yevropa chempionlari. 1-oktyabr kuni Rossiya konkida uchuvchilar ittifoqi har uch sportchining O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tishi uchun ikki yillik karantinni tasdiqladi.

Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) 2022-yil bahorida rossiyalik va belaruslik atletlarni xalqaro musobaqalardan chetlatgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring