Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainaning Kurskka hujumida KXDRning yuqori martabali generali yaralandi – WSJ

Ukrainaning Kurskka hujumida KXDRning yuqori martabali generali yaralandi – WSJ

G‘arb rasmiylari payshanba kuni Ukrainaning yaqinda bergan havo hujumida Kursk viloyatida Rossiya kuchlari bilan jang qilayotgan Shimoliy Koreyaning yuqori martabali generali yaralanganini ma’lum qildi.

The Wall Street Journal nashri o‘z manbasiga tayanib, shimoliy koreyalik zobit yaqinda Ukrainaning Kursk viloyatiga Storm Shadow raketalari bilan uyushtirilgan hujumida yaralangan.

Hozircha yaralangan shimoliy koreyalik generalning shaxsi va ahvoli haqida qo‘shimcha ma’lumotlar yo‘q.

Nashr esa «g‘arb rasmiylariga ko‘ra, bu Rossiya-Ukraina urushi chog‘ida KXDRning yuqori martabali harbiy ofitserining yaralanishi bilan bog‘liq birinchi holat» ekaniga e’tibor qaratgan.

Ma’lumot uchun, bir qancha manbalar hozirda Kursk viloyatida Shimoliy Koreyaning kamida 10 ming askari joylashtirilganini tasdiqlaydi.

Bir muddat oldin esa Ukraina tomoni bir qancha yetkazib beruvchilarning ruxsatidan so‘ng uzoq masofaga uchuvchi raketalari bilan Rossiya Qurolli kuchlarining Marinodagi prezident ma’muriyati sanatoriysi yaqinidagi qo‘mondonlik punktiga havo zarbasi berganligi xabar qilingan edi.


Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring