Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya yuzlab askarlar jasadlarini Ukrainaga qaytardi

Rossiya yuzlab askarlar jasadlarini Ukrainaga qaytardi

Rossiya va Ukraina o‘rtasida urushda halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini almashish bo‘lib o‘tdi. Halok bo‘lgan 49 kishining jasadi Rossiyaga qaytarildi, deya ma’lum qildi RBK nashri parlamentning harbiy harakatlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruhi vakili, Davlat dumasi deputati Shamsail Saraliyev.

757 nafar jasad Ukraina tomoniga qaytarildi, deb xabar berdi Kiyevning harbiy asirlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtabi.

Muvofiqlashtiruvchi shtab ma’lumotlariga ko‘ra, Donetsk yo‘nalishidan 451 nafar, Lugansk yo‘nalishidan 13 nafar, Zaporojya yo‘nalishidan 137 nafar ukrainalik harbiylarning jasadi qaytarilgan. Baxmut va Ugledar yo‘nalishlaridan mos ravishda 71 va 51 nafar jasad yetkazildi, yana 34 nafar qurbon Rossiya Federatsiyasi hududidagi o‘likxonalardan qaytarildi.

Shamsail Saraliyev oxirgi marta 2024 20 dekabr kuni jasadlar almashinuvi haqida xabar bergan. O‘shanda  Rossiya tomoni 42 kishining jasadini oldi, 503 nafari esa Ukrainaga qaytarildi. Bungacha, 10 dekabr kuni Rossiya 2024 yil 24 yanvarda Belgorod viloyatida Il-76 samolyoti qulashi oqibatida halok bo‘lgan ukrainalik harbiylarning jasadlarini Ukrainaga topshirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring