Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston qoramol va qo‘ylarni eksport qilish taqiqini uzaytiradi

Qozog‘iston qoramol va qo‘ylarni eksport qilish taqiqini uzaytiradi

Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi qoramol va qo‘ylarni mamlakatdan tashqariga olib chiqishga qo‘yilgan cheklovni yana 6 oyga uzaytirmoqchi.

Bu boradagi hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan.

«Qo‘shni mamlakatlarda nasldor qoramol va mayda qoramollarga talab yuqori, bu esa xorijga katta miqdorda chorva mollari eksportini rag‘batlantirmoqda. Bu davlatning o‘z chorvachilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan barcha sa’y-harakatlariga aks ta’sir iilishi mumkin», – deya tushuntirgan vazirlik.

Shu munosabat bilan naslli yirik va mayda shoxli qoramollarni Qozog‘istondan olib chiqishga taqiqni saqlab qolish va uzaytirish taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 2022 yildan boshlab nasldor yirik va mayda shoxli qoramollarni eksport qilish taqiqlangan.

Vazirlik ishlab chiqqan mazkur hujjat loyihasi, shuningdek, mamlakatga tovuq tuxumini 6 oygacha importini cheklashni ham nazarda tutadi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring