Polshada o‘zbekistonliklarning tana a’zolarini sotgan ayol qo‘lga olindi

Polshada ukrainalik ayol 56 ta inson buyragini sotgani uchun qo‘lga olindi — qurbonlar orasida o‘zbekistonliklar ham borligi aytilmoqda.
35 yoshli Kseniya Peremishlidagi temir yo‘l nazorat punkti orqali mamlakatni tark etishga urindi, biroq Interpol uni to‘rt yildan ko‘proq vaqt davomida qidirgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Gazeta.pl nashri
Huquq-tartibot idoralari aniqlaganidek, ukrainalik ayol 2017-yildan 2019-yilgacha noqonuniy ravishda inson a’zolarini olib-sotgan jinoiy guruh a’zosi bo‘lgan.
Qozog‘iston sudi ayolni sirtdan 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Organ savdosi qurbonlari Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjon, Ukraina, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Tailanddan bo‘lgan 56 kishidir.
Hibsga olinganidan keyin Kseniya prokuraturaga olib borildi va so‘roq qilindi. Polsha rasmiylari allaqachon Qozog‘istonga ekstraditsiya jarayonini boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter