Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qambarota GES-1» loyihasi taqdimot qilindi

«Qambarota GES-1» loyihasi taqdimot qilindi

Bugun, 2 may kuni Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Bosh vazirlari tomonidan xorijiy investorlar uchun «Qambarota GES-1» investitsiya loyihasi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSh, Saudiya, Turkiya, BAA, Qatar, Hindiston, Ummon, Janubiy Koreya, Quvayt davlatlaridan hukumatlar vakillari va komaniyalar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar hamda moliya muassasalaridan delegatsiyalar ishtirok etdi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat tufayli qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalari har tomonlama strategik sheriklik hamda ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilgani alohida qayd etildi.

Taqdimotda Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan birgalikda «Qambarota-1» gidroelektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish rejasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring