Putin Ukraina borasida keskin bayonot berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yana Ukraina borasida keskin bayonot bilan chiqdi.
Rossiya prezidenti Ukraina SSR tashkil etilishidan oldin «insoniyat tarixida Ukraina davlati bo‘lmaganini» aytdi. Bu haqda Putin Konstitutsiyaviy sud raisi Valeriy Zorkin bilan uchrashuvda gapirgan.
Zorkinning xabar berishicha, Konstitutsiyaviy sud Lui XIV davrida fransuzlar tomonidan tuzilgan xaritaning nusxasini topdi. Amaldorning iddaosicha, u yerda Ukraina qayd etilmagan.
«Oktyabr inqilobidan so‘ng, kvazi-davlat tuzilmalari shakllana boshladi, Sovet hukumati Sovet Ukrainasini yaratdi, bu hammaga ma’lum. Bungacha insoniyat tarixida Ukraina bo‘lmagan», — deya xulosa qildi Putin.
Eslatib o‘tamiz, Putin boshchiligidagi Rossiya rahbariyati Ukraina davlatchiligini shubha ostiga olib keladi. Bir necha yil avval Putin Ukraina sobiq Rossiya hududlarini ham o‘z ichiga olishini aytib chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter