Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentlik poygasi: finish chizig‘iga oz qoldi, raqiblar bir-birini ayamayapti

Prezidentlik poygasi: finish chizig‘iga oz qoldi, raqiblar bir-birini ayamayapti

Foto: «9&10 News»

AQShda prezidentlik saylovlariga uch kun qoldi (3-noyabr). Donald Tramp va Jo Bayden marraga oz qolganida, ko‘proq saylovchilarni o‘zlariga og‘dirish uchun, har qachongidan-da faollashgan.

Har ikki nomzod yaqinda Buyuk ko‘llar shtatlari — Michigan, Minnesota va Viskonsinga safar uyushtirishdi. An’anaga sodiq raqiblar o‘zaro ayblovlarni davom ettirishdi.

Respublikachi Tramp agarda hokimiyat demokratlar qo‘liga o‘tsa, AQShni boshboshdoqlik va vayronagarchilik kutayotganini bayon qildi. Bayden esa, har safargidek, raqibining «nozik joyi»dan oldi — Trampni mamlakatni koronavirus epidemiyasi markaziga aylantrishda aybladi.

«Donald Tramp oq bayroq ko‘tarib chiqib, koronavirus oldida tiz cho‘kdi. Eslayapsizlarmi, u intervyusida bu o‘limkor xavfni yanvar oyidayoq bilganini aytdi. Biroq hech kimni bu haqda ogohlantirmagan! Qo‘rqib, talvasaga tushib qolgan! Biroq, men, undan farqli o‘laroq, taslim bo‘lmayman», — dedi Jo Bayden.

«Bayden bilan amerikaliklarning kelajagi yo‘q! U bizning neft sanoatimizni yo‘q qilishga qasam ichgan. Qishda uylarimiz isimaydi, yozda konditsionerlarimiz ishlamaydi — jazirmada qovurilamiz! Na maktablar, na bitiruv kechalari, na AQSh mustaqilligi kuni bo‘ladi! Faqat boshboshdoqlik, vayronagarchilik»,—  dedi Donald Tramp unga javoban.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring