Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident ijara haqi yuqori ekaniga to‘xtaldi

Prezident ijara haqi yuqori ekaniga to‘xtaldi

Arxiv.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev selektor yig‘ilishi vaqtida ijara haqi yuqori ekanini ta’kidlab o‘tdi.

«Xabar.uz» muxbiri ma’lum qilishicha, davlat rahbari vaziyatni o‘nglash chora-tadbirlari borasida topshiriqlar berdi.

«Og‘ir turmush sharoitiga tushib, boshpanasiz qolgan mingta oila, ayniqsa ayollar ijtimoiy ijara asosida uy-joy bilan ta’minlanadi.

Buning uchun hududlarga mingta kvartira sotib olish uchun mablag‘ ajratiladi.

Lekin, bu hammasi emas. Viloyat, tuman va shahar hokimlari joylardagi ahvoldan kelib chiqib, ijtimoiy ijarani kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni ko‘rishi kerak.

Misol uchun, hozirgi kunda xususiy sektor tomonidan ehtiyojmand oilalarga berilayotgan uylarning ijara haqining 50 foiziga subsidiya berishni yo‘lga qo‘yish mumkin.

Birgina Olx.uz elektron portalida oylik haqi 1 million so‘mgacha bo‘lgan 500 ta uyni ijara berish to‘g‘risida e’lonlar joylashtirilgan.

Yoki, foydanilmayotgan yotoqxonalarni hokimiyatlar tomonidan ta’mirlab, ijtimoiy ijaraga bersa bo‘ladi, — dedi Prezident.

Yig‘ilish davomida moliya vaziri Temur Ishmetovga ikki hafta muddatda uy-joy sotib olish va ijtimoiy ijaraga berish tartibini tasdiqlash topshirig‘i berildi.

Viloyat hokimlari bir oy muddatda eng muhtoj oilalar ruyxatini shakllantiradi va ularni ko‘chirish choralarini ko‘radi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring