Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Estoniya elektron hukumat bo‘yicha hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Estoniya elektron hukumat bo‘yicha hamkorlik qiladi

Foto: AKT vazirligi

14-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Estoniya Elektron boshqaruv akademiyasining ijrochi direktori X. Astok bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O.Pekos ishtirok etdi.

Uchrashuvda ta’kidlaganidek, bugungi kunda Estoniya elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha Yevropa hamda dunyoda yetakchilardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, Boltiqbo‘yi davlatining tajribasi mamlakatimizda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish uchun juda muhimdir.

Uchrashuv doirasida mamlakatlarimiz o‘rtasida elektron hukumat va raqamli rivojlanish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish, aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga xizmatlarni ko‘rsatishda elektron almashinuv mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikning asosiy masalalari va yo‘nalishlarini aks ettiradigan memorandum imzolash orqali sheriklik aloqalarini mustahkamlash istagini bildirdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring