Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Netanyahu Polshada hibsga olinishi mumkin

Netanyahu Polshada hibsga olinishi mumkin

Polsha hukumati Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Osvensim konslageri ozod etilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimga kelsa, hibsga olinishini tasdiqladi. Bu haqda Jerusalim Post nashri xabar bermoqda.

Bir milliondan ortiq mahbuslar hayotiga zomin bo‘lgan Yevropadagi eng yirik konslagerlardan birini ozod qilish sharafiga uyushtiriladigan marosim 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Osvensim mahbuslarining aksariyati yahudiylar edi, shuning uchun Isroil vakillari an’anaviy ravishda xotirlash marosimlariga taklif qilinadi.

Biroq, 20-dekabr, juma kuni Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladislav Bartoshevskiy  mahalliy gazetaga bergan intervyusida, agar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Polshaga tashrif bilan kelsa, u hibsga olinishini aytdi. Bu borada Netanyahuning tashrifi amalga oshmaydi, ta’lim vaziri Ioav Kish marosimdagi yagona Isroil vakili bo‘ladi.

Noyabr oyida XJS Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni G‘azo sektorida tinch aholiga qarshi bir qator jinoyatlarda ayblagan edi. Rim statutini imzolagan davlatlar qonun bo‘yicha hibsga olish orderlarini bajarishlari shart.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring