Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda harbiy xizmatchi odamlarga hujum qildi

Nukusda harbiy xizmatchi odamlarga hujum qildi

U bir xonadonning 5 nafar a’zosini sababsiz pichoqlagan, ulardan biri halok bo‘ldi, to‘rt nafari jarohatlandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati UzNews.uzga xabar berishicha, joriy yilning 3 yanvar kuni Nukusda bir yillik xizmatni o‘tayotgan askar harbiy qismdan chiqib ketib, mast holatda o‘tkir tig‘li jism bilan eshigi ochiq turgan xonadonga kirib uxlab yotgan 5 nafar fuqaroni sababsiz pichoqlagan va buning oqibatida jabrlanuvchilarning biri vafot etgan. Qolgan 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi va 25, 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) 2-qismi «a, l» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 2005 yilda tug‘ilgan gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Nukus harbiy prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring