Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nemrut tog‘idagi go‘zallik (foto)

Nemrut tog‘idagi go‘zallik (foto)

Nemrut tog‘ining cho‘qqisi va Furot daryosining manzarasi — Turkiyada quyosh chiqishi va botishini tomosha qilish mumkin bo‘lgan eng go‘zal joylaridan biridir.

Dengiz sathidan 2150 metr balandlikda joylashgan bu muhtasham tog‘ning yanada ajib jihati — Kommageniya qirolligining yodgorliklari, ya’ni ikki ming yil davomida turgan ohaktosh bloklardan yasalgan ulkan haykallardir.

1987 yilda YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Nemrut tog‘i dunyodagi eng maftunkor cho‘qqilardan biridir. Nemrut tog‘i Turkiyaning janubi-sharqiy Anadolu viloyati Kahta tumanida joylashgan bo‘lib, qadimdan sivilizatsiya va madaniyatlarga vatan bo‘lgan so‘ngan vulqon hududidir. Dengiz sathidan 2150 metr balandlikda joylashgan Nemrut tog‘i Malatya va Adiyamanning ajoyib manzaralarini taqdim etadi.

Sakkiz metrdan 10 metrgacha bo‘lgan ulkan haykallar ohaktosh bloklardan yasalgan bo‘lib, ba’zilarining og‘irligi to‘qqiz tonnagacha.

Ushbu cho‘qqi sayyoradagi eng go‘zal joylardan biri va hayajonli quyosh chiqishi va botishini tomosha qilish uchun ajoyib joy. Har yili o‘n minglab mehmonlar cheksiz ufq chizig‘ida oltin, qip-qizil va jozibali ranglarning qorishishini kuzatish uchun cho‘qqiga chiqishadi. Mavsum qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Nemrut tog‘ining cho‘qqisi quyosh chiqishi va botishi paytida sovuq bo‘ladi, shuning uchun issiq kiyim kiyish tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring