Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bodrum – Egeyning eng jozibali port shahri

Bodrum – Egeyning eng jozibali port shahri

Turkiyaning eng ko‘zga ko‘ringan va sayyohlar tomonidan eng ko‘p tashrif buyuriladigan dam olish maskanlaridan biri – Bodrum. Ushbu port shahar 50 dan ortiq «moviy bayroq»li plyajlari, qo‘l tegmagan ko‘rfazlari va ko‘ngilochar joylari bilan ham mashhur.

Bodrumning plyaj va ko‘rfazlari, ayniqsa yoz oylarida juda gavjum bo‘ladi. Bodrum yozgi ta’til mavsumi uchun afzal ko‘rilishi va tabiiy go‘zalliklari bilan bir qatorda madaniy boyliklarga ega bo‘lib, u yerda albatta ko‘rish kerak bo‘lgan juda ko‘p qiziqarli manzillar mavjud.

Bodrumda ziyorat qilinadigan joylarni rejalashtirib, ta’tilni yanada qiziqarli va maroqli o‘tkazish mumkin. Bodrum juda katta shahar bo‘lmasa-da, boy tarixga ega va turizm nuqtai  nazaridan juda muhim hisoblanadi.

Bodrum hozirgacha ko‘plab tamaddunlarga mezbonlik qilgan va har birining izlarini o‘zida mujassam etgan afsonaviy shahardir. Dengiz ta’tili sifatida ham tanilgan ushbu shaharcha madaniy va tabiiy go‘zalliklari tufayli maroqli dam olish imkonini beradi.

Bodrum qal’asi

Turkiyaning ushbu port shahrida joylashgan Bodrum qal’asi 1402 yilda Aziz Pyotr qal’asi nomi bilan qurilgan. 1960 yildan beri suv osti arxeologiya muzeyi sifatida foydalanilgan qal’a Bodrumning timsollaridan biridir.
Qadim zamonlarda qurilgan bu qasr tobora kuchayib borayotgan Usmonli imperiyasi tahdidiga qarshi qurilgan. Ritsarlarning quruqlikdagi xavfsiz panohga bo‘lgan ehtiyojini qondirgan qal’a bugungi kungacha saqlanib qolgan muhim inshoot hisobalanadi.

Bodrum shamol tegirmonlari

Bodrumda, shuningdek, shamol tegirmonlari ko‘p. Yalikavak, markaz va Gumbet kabi ko‘plab tepaliklarda shamol tegirmonlarini uchratish mumkin. Ular taqdim etgan noyob dengiz manzarasi tufayli Bodrum tashrif buyuradigan joylar qatoriga kiritiladi.
Bu, ayniqsa, fotografiya ishqibozlari  uchun o‘ziga xos ajoyib va noyob tajriba bo‘lishi shubhasiz.

Akvarium ko‘rfazi

Ko‘ldek sokin bo‘lgan Akvarium ko‘rfazi o‘tgan yillarda baliq fermasi sifatida ishlatilgan. Ijtimoiy ob’yektning yo‘qligi Akvarium ko‘rfazining tinchligi va sokinligini saqlab qolishiga sabab bo‘lgan. Dengiz suvi sayoz bo‘lgani uchun suzish ancha qulay, biroq dengiz qirg‘og‘ining ba’zi joylari qumli bo‘lsa, tubi butunlay qumli. Akvarium ko‘rfazida suvlarning  yashil va ko‘k ranglarda tuslanishini ko‘rish mumkin.

Bodrum jannat ko‘rfazi

Bodrum Jannat ko‘rfazi eng taniqli ko‘rfazlardan biridir. Go‘lturkbuku tumanida joylashgan Bodrum Jannat ko‘rfazi o‘zining tabiati va ajoyib tuzilishi bilan hayratda qoldiradi.
Betakror go‘zalligining siri qo‘l tegmagan tabiatidadir. Toza va shaffof suv, to‘lqinli va iliq…

Yalikavak va Yalikavak Marina

Yalikavak va Yalikavak Marina Bodrumning eng muhtasham maskanlaridan biri bo‘lib, mashhur plyajlari, hashamatli marinasi va mashhur dam olish joylari bilan ajralib turadi. Shuningdek, ushbu maskanlar Bodrumga kelganlar eng ko‘p oshiqadigan joylar orasida.
Yalikavakda ziyorat qilish uchun turli xil marinalar va plyajlar mavjud. Bundan tashqari, u ajoyib qishloqlari   va qoya qabrlari kabi tarixiy tuzilmalarga ham ega.

Bitez

Bitezda Bodrumning eng shohona ko‘rfazlaridan biri joylashgan. Bitez o‘zining go‘zal qo‘ltiqlari va plyajlari bilan mashhur bo‘lib, dengizda syorfing qilish uchun ham ideal shahardir. Qumli va iliq dengizga ega bo‘lgan shaharcha Bodrumdagi eng uzun qirg‘oq chizig‘i bilan tashrif buyuruvchilarning e’tiborini tortadi.

Bitez dengizi to‘lqinsiz va sokinligi hamda juda tozaligi bilan ajralib turadi. Boshqa Bodrum plyajlariga qaraganda iliqroq va sayoz suvga ega bo‘lganligi bois farzandi bian tashrif buyurgan oilalar va yangi suzuvchilar uchun ayni muddao. Bitezda oilaviy dam olish rejasi aqlbovarqilmas sarguzashtlarga boy ta’til garovidir.

Gumushluk

Shishadek tiniq dengizga ega Gumushluk, ayniqsa, yangi baliqlari bilan mashhur.
Bodrum yarim orolidagi eng mashhur dam olish maskanlaridan biri bo‘lgan shaharcha urbanizatsiyadan himoyalangan. Shu sababli u tinch va osoyishta muhitga ega. Yam-yashil tabiat va ajoyib manzarali restoranlar yozgi ta’tilni yanada zavq-shavqqa to‘ldiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring