Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda XTB mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Navoiyda XTB mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Navoiy viloyati Xatirchi tumani Xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Aksilkorrupsiya agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, holat fuqaro N.O.ning mazkur XTB mansabdor shaxslari xatti-harakatlaridan hamda bo‘limdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitdan norozi bo‘lib, Prezident Virtual qabulxonasiga yo‘llagan murojaatlari asosida ko‘rib chiqilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, muallifning shikoyatlari hamda to‘plangan hujjatlar vakolat doirasida ko‘rib chiqish uchun tegishli idoralarga yuborilgan.

Shunga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy  viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda tuman XTB mansabdor shaxslari o‘zaro jinoiy til biriktirib,  2022-yil iyun-dekabr oylarida 43,6 mln so‘m miqdoridagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblab, budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan 2023-yil 26-fevral kuni Xatirchi tuman Xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qism «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda ushbu jinoyat ishi doirasida prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring