Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvaga tarsaki: Pashinyan yana Rossiyaning «jig‘iga tegdi»

Moskvaga tarsaki: Pashinyan yana Rossiyaning «jig‘iga tegdi»

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya Federatsiyasi mudofaa va harbiy-texnika sohalarida respublikaning asosiy hamkori bo‘la olmasligini aytdi. Bu haqda u mamlakat Jamoatchilik radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Armaniston kim bilan haqiqatda harbiy-texnik va mudofaa munosabatlarini saqlab qolishi mumkinligini tushunishi kerak.

«Ilgari bu muammo oddiy bo‘lgan, chunki bunday savol yo‘q edi va konsepsiyani yaratishda hech qanday qiyinchilik kuzatilmagan. Ilgari mudofaa sohasidagi munosabatlarimizning 95-97 foizi Rossiya Federatsiyasi bilan bo‘lgan bo‘lsa, endi bu ob’yektiv va sub’yektiv sabablarga ko‘ra bo‘lishi mumkin emas», — dedi bosh vazir.

Bungacha Pashinyan Rossiya harbiy bazalarining Armaniston hududida bo‘lishidan hech qanday naf sezmaganini aytgan edi.

Uning ta’kidlashicha, Yerevan yangi sheriklar qidirmoqda, chunki Moskva «ittifoqchilik majburiyatlarini bajara olmadi». Bosh vazir ta’kidlaganidek, Tog‘li Qorabog‘dagi voqealar Armanistonni mudofaa sohasida yangi hamkorlar izlashga olib keldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring