Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuz-qish mavsumi uchun jami 28 trln. so‘m ajratiladi

Kuz-qish mavsumi uchun jami 28 trln. so‘m ajratiladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumi uchun jami 28 trln. so‘m ajratildi. Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha har bir mahalladagi haqiqiy ahvol o‘rganildi, tumanlar kesimida dastur ishlab chiqildi.

Tayyorgarlik ishlariga o‘tgan yilgi 14 trillion so‘mga qo‘shimcha yana 14 trillion so‘m ajratilishi belgilandi.

Prezident mutasaddilarni ogohlantirdi: «Endi «muddat kam edi, mablag‘ bo‘lmadi», deb bahona qilishga hech kimning haqqi yo‘q».

Yil boshidan viloyatlarda 250 ta avariyaviy o‘chish bois ayrim joylardagi iste’molchilarga elektr barqaror yetkazilmagani ta’kidlandi. Chunki ba’zi ko‘p qavatli uylardagi elektr qutilar va undagi simlar muddatini o‘tab bo‘lgan.

Mutasaddilarga bu boradagi kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish topshirildi.

Ishlarni eng og‘ir mahallalardan boshlab, yil yakunigacha 30 ming kilometr tarmoq, 10 mingta transformatorni yaxshilash vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda elektr energiyasini ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Barcha generatsiya manbalari hisobidan joriy yilda 4 gigavattlik elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. 11 ta quyosh va 3 ta shamol stansiyasi shular jumlasidan.

Bundan tashqari, 850 kilometr magistral tarmoq va 9 ta podstansiyani kapital ta’mirlash, 595 kilometr elektr tarmog‘i va 4 ta yangi podstansiyani ishga tushirish rejalari belgilab olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring